Ïîñîëüñòâî Èíäèè â Ðåñïóáëèêå Óçáåêèñòàí (uzbek)


Ðåñïóáëèêà Óçáåêèñòàí, Òàøêåíò,
óë. Êàðà-Áóëàê 15-16
Òåëåôîíû: (998-71) 140 09 83,
140 09 97,  140 09 98
Ôàêñ: (99871) 140 09 87, 140 09 99
e-mail: indiaemb@buzton.com, indhoc@buzton.com, consind@buzton.com
Êîíòàêòû       Êàðòà ñàéòà       Ññûëêè       Eng / Ðóñ
Bosh sahifa
Prezident
Bosh vazir
Tashqi ishlar vazirligi
Bosh
Elchi
Yaqinda sodir bo'lgan voqealar
HIND-O’ZBEK
Hindiston haqida ma’lumot
Iqtisod
Hindistonda IT-inqilobi
ITEC haqida ma’lumot
Âèçèò Ïðåçèäåíòà Èñëàìà Êàðèìîâà â Èíäèþ
Hindi tilini
Hindiston Bosh vazirining O’zbekistonga tashrifi (25-26 aprel 2006 yil)
Rasmlar
Rasmlar
Konsul bolumi
Hindistonning dunyodagi o’rni
Rasmlar
Hind madaniyat
Èíôîðìàöèÿ äëÿ ãðàæäàí Èíäèè
Sayt haritasi



Òîðãîâûå Ïàëàòû â Èíäèè
Êîíôåäåðàöèÿ Ïðîìûøëåííîñòè Èíäèè
Ôåäåðàöèÿ  Ïàëàò ïî òîðãîâëå è ïðîìûøëåííîñòè Èíäèè
Àññîöèàöèÿ Ïàëàò
Ìèíèñòåðñòâî èíîñòðàííûõ äåë Èíäèè



Bosh

HINDISTON CHEKSIZ MO’JIZALAR DIYORI

Hindistonning mo’jizakorligi, uning joziba va beqiyosligi haqidagi ta’rifni buyuk Hind shoiri Alloma Iqbolning quyidagi so’zlari bilan boshlash  o’rinlidir: “Yunoniston, Rim va Misrning buyuk tsevilizatsiyasi zaminimizdan yoqolib ketdi, biroq tengsiz Hind tsevilizatsiyasi hali-hamon mangudir”.

                                                                Toj Mahal, Agra

 

Buyuk faylasuf Rabindranth Tagor yozganidek:

Bu shunday zaminki, unda fikrlar hech bir qo’rqinchsiz

va bosh baland kezasan,

Shunday zaminki, unda ilmu-fan ozod,

Unda dunyo tor devorlar ila chegaralanmagan

Unda so’zlar faqat haqiqat tubudan chiqadi,

Misilsiz intilishlar yuksaklik tomon talpinadi

Toza ong hattoki dasht-biyobonda ham o’zligini yo’qotmaydi.

Shunday zamimki, unda fikrlari faqat ol’ga intiladi.

 

Respublika Kuni Namoishlari, Yangi Dehli

Hindiston – mo’jiza va  sehr, serjilo go’zallik va maftunkor tabiatga ega zamin. Bu zaminda moziy hozirgi zamon bilan qorshgan, mehmondo’stlik bir an’anadek va rivojlanish esa ehtirosdek. Shunday bir go’zallikki uni na qiyoslab va na ta’riflab bo’lsa. Ko’hna madaniyati tarixi kabi qadimiydir. Hindiston – turli e’tiqotga va madaniyatga mansub xilma-hil insonlari, iqlimi nomutanosib bo’lgan, ko’m-ko’k bog’li va dashtu-biyobonli, ko’llari va togu-toshlari, boylikka kon, sevgi-muhabbatga to’la, zamonaviylikka intilgan va urf-odatlariga sodiq zamindir. Shunday bir o’lkaki dunyolarga teng. Hindistonga xush kelibsiz! Hindiston – fikr, tana va rux uchun roxatbaxsh makon.

 

O’z aholisi uchun “Bharat” atamasi bilan tanilgan bu ko’hna zamin tashrif buyurgan barcha mehmonlarini  bag’ri kengligi, madaniyati va xilma-hilligi, rango-rangligi, atru-ifori, uslubi, urf-odatlari, tili, me’morchiligi va jug’rofiyasi bilan o’ziga maftun  aylaydi. Hindiston bir qancha davlarni yagona mintaqaga birlashtirgandek bir asotir kabidir. Hindiston quyoshidan to qumgacha, tog’idan to qorli choqqisigacha, qadim obidalridan to sho’x-shodon bayramlarigacha, nafis udumlari va urflaridan to viqorli tog’liklari va bepayon dengizi va vohalarigacha har qanday didni va hoxishni qondira oladigan, zamindir. Hindiston yil o’n ikki oy jannatmakon yurtdir! Xudo yorlaqagan zamindir!

                                                 Hindiston Darvozasi, Dehli shahri

 

Hindistonni uning afsonaviy qadamjolari, ibodatxonalari va bandargohlari bilan seving. Ohangrabo musiqasi, raqsi va og’zaki ijodi bilan rohatlaning. Goh osmonda uchib, goh dengida suzib, goh dashtu-biyobon bo’ylab bo’lgan sayohatda fikr va tanani junbushga soling. So’gra yoga orqali ruhiyatingizga dam bering, rohatlaning. Yohud Hindistonning bir-necha o’rmonzorlariga yovvoyi hayotidan bahra oling. Betakror san’at durdonalri, gazlama va turli buyumlari bilan o’zingizni shodlantiring.

 

Buyuk dinlar Hindistonda tug’ilib o’z asosini topgan, ular orasida Hinduizm, Sikhizm, Buddizm va Jaynizm dinlari mavjud. Qadimiy hind yozmalari Veda ilmlari necha ming yillik tarixga ega, unda falsafa dunyosi, ruhiy poklik, ilmu-fan va tibbiyot kabilar xazina misol jamul jamdir. Sanskrit Hindistonning asl tili bo’lib mukammal va ma’lum bir tizimga ega tildir. Shuningdek u zamonaviy compyuter tili poydevori hamdir. Hindiston taqsimlash tisimi va nolni dunyoga taqdim etgan. Astronomiya va tibbiyot hindlarning ehtirosidir.

                                          Quyosh ibodatxonasi, Konark, Orissa shtati

 

Dunyoda boshqa obidalardan farqli holda Toj Mahal Hindiston siymosidir.  Ushbu 17-asrdagi obida marmardagi orzular, cheksiz sevgi timsoli ko’rinishida necha-necha rassom, shoir, orzumand, sayyoh va yozuvchilarning son-sanoqsiz ishqiy asarlariga va rango-rang fukru-hayollariga aylanmagan deysis. Ushbu bemisl me’morchilik na’munasi Hindistonning mo’jizaviy obidasi bo’lgan va hamisha bo’lib qoladi.

 

Bu zamin go’zalligidan bahramand bo’lishni istasangizsiz o’zingiz bilan passport va visangiz bo’lishi kerak xolos. Taqiqlangan me’moriy obidalarning tasvirini olish uchun maxsus litsenziya kerak bo’ladi. Quyidagi shaxsiy buyumlarni olib kelish uchun ba’zi vaziyatlar mavjud, demak film, video kamera, ichkiliklar, tamaki mahsulotlari va qurollar uchub kelgan vaqrt, yuqorida qayt etilgan buyumlar muvofiq tarzda mamlakatni tark etilgan chog’dagina qaytariladi. Yil boyi Hindiston bo’ylab soat bir vaqt tizimida, GMT +5.30 daqiqa. Xalqaro telfon va pochta xizmatlari xar qadamda mavjud.

 

Hindistonning sayyohlik manzillari bo’yicha batafsil ma’lumot uchun quyidagi tugmachani bosing.

1. www.tourismofindia.com
2. www.lonelyplanet.com
3. www.journeymart.com

HINDISTON MADANIYATI

                                     Kathakali, Janubiy Hindistonning mo’jizaviy raqsi

 

1,500 shevasi va 22 rasmiy tili, dunyodagi buyuk dinlar, jumladan Hinduizm, Islom, Nasroniylik, Jaynizm, Buddizm, Sikhizm, Zartushtiylik va, Yaxudiylik turli-tuman ko’rinishga ega san’ati, me’morchiligi, adabiyoti, musiqasi va raqsi, taomlari va xilma-hil  yashash tarzi bilan Hindistonning boy madaniyati bir-biriga uyg’unlashib ketgan.

 

Hindistonning musiqa olami mahalliy folklyor qo’shiq va musiqadan to qabilaga oid musiqagacha, mumtoz va yarim mumtoz an’analardan to zamonaviy va kinofilm musiqalarigacha xilma-hildir.

 

Hind raqsi mifologiya, afsona va mumtoz adabiyotlardan mavzular olingan bo’lib,5000 yillik uzluksiz madaniyatga ega. Hilma-hillik bobida hind raqslari hoh u folklyor yo’nalishli, qabilaviy, mintaqaviy, hoh mumtoz yo’sindagilar bo’lsin ko’hna darsliklardagi qat’iy qonunlarga asoslanadi. Shulardan yirik mumtoz raqslar quyidagilardir: Bharata Natyam, Kathak, Odissi, Manipuri, Kuchipudi, Mohiniattam va Kathakali.

 

Hind adabiyotidagi xalq og’zaki ijodiga mansub Vedalar necha ming yillik tarixga ega va ular hali-hanuz hayotning uzviy bir bo’lagidir. Xalq og’zaki ijodi folklyor qo’shiq va sahna ko’rinishlari orqali avloddan-avlodga o’tib keladi. Hindistonning sahna ko’rinishidagi raqs an’anasi negizi  uzoq o’mishga ega va o’lmas folklyor teatr shaklida saqlab qolingan. Hind madaniyati rassomchilik, me’morchilik va qo’l mehnatiga asoslangan    o’zining o’lmas mumtoz va folklyor an’analarini uzluksiz davom ettirib kelmoqda.

 

Hind kino sanoati dunyodagi katta kino sanoatilaridan biri hisoblanadi. Hindistonga kino 1896 – yil kirib kelgan, ilk hind kinonfilmi 1912 – yil va ovozli film esa 1931 - yili ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda Hindiston yiliga 1,000dan ortiq kino ishlab chiqaradi, asosiy kinomarkazlar, Mumbai (Bollywood), Kalkatta (Tollywood), va Chennai (Mollywood)!

www.artindia.net
http://education.vsnl.com/iccr
www.indiaculture.org

HIND SIYOSATI

Hindiston, dunyoning buyuk demokratlashgan, suveren, dahlsis va demokratik respublikasidir. 1947-yilning 15-avgustida musatqillikga erishdi va konstitutsiyasi kuchga kirgach 1950-yil 26-yanvar respublika deb e’lon qilindi. Konstitutitsiya boshlang’ich huquqlar din ozodligi, kasb tanlash, so’zlash va ovoz berishni kafolatlaydi. Umumiy saylovlar umumbashariy tarzda odatda har 5 yilda o’tkaziladi.

Hozirda Hindistonda 28ta shat va ma’muriy boshqaruv markazi Dehli poytaxt bilan birgalikda 7ta birlashgan hududga ega. Siyosiy tizim Konstitutsiyaga asoslangan bo’lib, mustahkam markazlashgan, qonun chiqaruvchi va davlat idoralari shtat va markazga bo’linadi va qolganlari markazga boysunadi. Ba’zi hududlar ham ma’muriy markaz ham shtat tarafidan hal boshqariladi, shtat zarur holarda markaz o’rniga ish yuritishi ham mumkin.


MARKAZ

 

Ma’muriy markaz va shtat ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sudga bo’lingan. Markazdagi ijro etuvchi hokimiyat Bosh Vazir rahbarligida  Prezident, Vitsa- Prezident va vazirlar mahkamasinidan iborat. Parlamentning ikki palatasi mavjud bo’lib – Lok Sabha (quyi palata bo’lib, unda Hindiston aholisining mustaqil nomzodlari, oddiy fuqaro nomzodlari saylanadi) va Rajya Sabha (yuquri palata bo’lib hukumat qonun chiqaruvchi, yani bevosita  Lok Sabhadan saylangan nomzodlar). Sud hokimiyati Hindiston oily sudi tomonidan boshqariladi.

SHTAT
Bu tizim Hindiston mahalliy shatlari bilan hamohang ravishda, ijro etuvchi hokimiyat bilan birgalikda Hokim (President tamonidan tayinlangan), vazirlar kengashi bevosita  qonun chiqaruvchi  assambleya va oily sudga mas’ul vazir tarafidan boshqariladi. Har bir shtat tumanlarga, tumanlar o’z o’rnida shobalarga va keyinchalik mavzelar va qishloqlarga bo’lingan Har bir qonun chiqazuvchi, ijro etuvchi, sud organlari ba’zi g’ayri ishlarni oldini olishlari uchun  maqsadiga muvofiq bo’lingan.

 

XALQARO ALOQALAR

Hindiston bloklarga qo’shilmaslik harakati a’zosi, Janubiy Osiyo Mintaqaviy hamkorlik birlashuvi (SAARC), Bangladesh-HIndisron-Mianma-Shri Lanka-Tailand iqtisodiy hamkorligi (BIMST-EC) Hamdo’stlik va bir nechta boshqa uyushmalarga a’zodir. Birlashgan Millat Tashkiloti va undagi turli uyushmalar, jumladan UNESCO va UNHCRning  faol a’zosi. Shuningdek Hindiston Dunyo Savdo Tashkiloti (WTO) va 77 Gruhning ham a’zosidir va 15 Gruhining faol ishtirokchisi. Hindiston BMTning Havfsizlik Kengashidan barqaror o’rin egallashidan umid qiladi.

 

 

 



indiya

Til

rassmlar

Madaniyat

india

yoga



Development of BRAND.UZ
Contents by Embassy of India, Tashkent